Jamiyat | 17:30 / 01.08.2022
12312
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent metrosi bekatida eskalatorning o‘chirib qo‘yilganiga izoh berildi

«Toshkent metropoliteni» bekatlardan birida eskalator nega to‘xtatib qo‘yilganini tushuntirdi.

Foto: Toshkent metropoliteni

Joriy yilning 31 iyul sanasida «Yunus Rajabiy» bekatidagi eskalatordan foydalanayotgan yo‘lovchilardan biri ehtiyotsiz harakati oqibatida yiqilgan, deb xabar berdi «Toshkent metropoliteni».

Metro ma’muriyati tomonidan e’lon qilingan xabarda aytilishicha, qolgan yo‘lovchilar uni ushlab qolishgan.

Qayd etilishicha, bekatdagi eskalator navbatchisi yo‘riqnomaga asosan eskalatorni o‘chirgan.

«Shu o‘rinda barcha yo‘lovchilardan eskalatordan foydalanish vaqtida belgilangan tartib-qoidalarga amal qilishlarini so‘raymiz», deyiladi metro ma’muriyati izohida.

Mavzuga oid