Kuni kecha Kun.uz saytida Toshkentning 3 ta: “Xalqlar do‘stligi”, “Novza” va “Paxtakor” metro bekatlariga 8 ta eskalator o‘rnatish uchun salkam 10,6 mlrd so‘mlik shartnoma tuzilgani va qurilmalar qimmatga tushayotganiga oid maqolasi e’lon qilingandi. “Toshkent metropoliteni” DUK tahririyatga rasmiy munosabat bildirdi.

Ta’kidlanishicha, prezidentning 2021 yildagi tegishli qaroriga ko‘ra, metropolitenda xizmat muddatini o‘tab bo‘lgan 6 dona eskalatorlarni almashtirish uchun davlat budjeti hisobidan jami 900 ming dollar ajratilishi ko‘zda tutilgan.

Ta’kidlanishicha, o‘rganishlar olib borilishi va ajratilishi ko‘zda tutilgan mablag‘lar xarajati optimallashtirilishi natijasida 6 dona eskalatorlar o‘rniga “Xalqlar do‘stligi”, “Novza” va “Paxtakor” bekatlaridagi ma’nan eskirgan 8 dona eskalatorlarni almashtirish rejalashtirilgan.

“Shuni alohida ta’kidlash joizki, ko‘rsatib o‘tilgan bekatlarga o‘rnatish uchun xarid qilingan 8 dona eskalatorlar texnik ko‘rsatkichlari bo‘yicha to‘liq yuklama bilan sutkasiga 20 soat davomida uzluksiz ishlash quvvatiga ega qurilma bo‘lib, “og‘ir turdagi” eskalatorlar turkumiga mansub hamda respublika hududida faqatgina metropoliten obektlarida foydalaniladi (“yengil turdagi” oddiy eskalatorlardan tubdan farq qiladi).

Belgilangan tartibda, metropoliten xodimlari tomonidan barcha texnik hujjatlar davlat xaridini amalga oshirish maqsadida Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarni ekspertizadan o‘tkazish kompleks markazi” DUKdan ekspertizadan o‘tkazib, o‘rganilgan bozor narxlarini tasdiqlash va yakuniy xulosa olish uchun taqdim qilingan.

Taqdim etilgan hujjatlarga asosan, markaz tomonidan tegishli ekspertiza o‘tkazilib, narxlar tasdiqlangan va 2023 yil 23 iyunda 45/01-07/2-2886-sonli ijobiy xulosa olingan”, – deyiladi izohda.

Korxonaga ko‘ra, shu xulosa asosida eskalatorlarni yetkazib beruvchi korxonani aniqlash uchun 2023 yil oktyabr oyida 2 marotaba elektron tender tanlovlari o‘tkazilgan. Lekin turli sabablarga ko‘ra (hujjatlar to‘liq emasligi, qatnashuvchi korxonalar yetarli bo‘lmagani va h.k.) tender savdosi bekor qilingan.

“Shundan so‘ng, 18.11.2023 yil uchinchi bor elektron tanlov o‘tkazilgan va tanlov natijasi bo‘yicha “Mercury Solution” MChJ g‘olib deb topilib, 8 dona eskalatorlarni yetkazib berish, o‘rnatish hamda ishga tushirish bo‘yicha 22.11.2023-yilda 10,554 mlrd so‘mlik (QQS bilan 12%), 10-sonli shartnoma rasmiylashtirilgan (ushbu rasmiylashtirilgan shartnomadagi qiymatiga 5 yillik kafolat muddati va qo‘shimcha ehtiyot qismlar (ZIP) kiritilgan)”, –