08:51 / 09.08.2022
2493
Kasb-hunar maktablariga hujjatlar qabul muddati uzaytirildi

Kasb-hunar maktablariga hujjatlar qabuli 20 iyulga qadar etib belgilangan edi.

Kasb-hunar maktablariga hujjatlar qabul muddati 15 avgustga qadar uzaytirildi. Bu haqda Oliy ta’lim vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, bunda bitiruvchi yoshlarning kasb-hunar egallashga bo‘lgan qiziqishi inobatga olinib, ularga bu borada kerakli shart-sharoit yaratish maqsad qilingan.

Hujjatlar kasb.edu.uz elektron platformasi orqali qabul qilinadi.

Platformaga:

  • tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma yoki ID-karta ma’lumotlari;
  • 3x4 hajmidagi fotosurat kiritiladi.
Mavzuga oid
Top