Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ta’lim | 16:00 / 18.10.2025
4617
2 daqiqa o‘qiladi
Bolalarni davlat maktablariga qabul qilishda eskirgan tartibotlar bekor qilinadi
"Davlat xizmatlari sohasini rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.
Quyidagilarni nazarda tutuvchi yuridik shaxslarni xususiy bandlik agentliklarining reyestriga kiritish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlanadi:
- yuridik shaxslarni xususiy bandlik agentliklarining reyestriga kiritish uchun Davlat xizmatlari markazlari hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP) orqali murojaat qilish;
- xususiy bandlik agentliklarining reyestriga o‘zgartirish kiritish tartib-taomillarini belgilash;
- xususiy bandlik agentliklarining reyestriga kirganlik bo‘yicha guvohnoma namunasini tasdiqlash.
Hukumat ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi:
- ayrim ma’lumotnomalarni olish uchun jismoniy shaxsning yaqin qarindoshlari tomonidan bevosita murojaat qilish imkoniyatini yaratish;
- ko‘chmas mulkni bo‘lish hamda birlashtirish va ularning yangi chegaralarini belgilashda kompozit shaklda xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish;
- avtomobil transportida yo‘lovchilarni tashish faoliyatini boshlash bilan bog‘liq tartib-taomillarda muddatlarni qisqartirish;
- tadbirkorlik sub’yekti bo‘lgan yuridik shaxslar rahbar ma’lumotlarini o‘zgartirish tartibini belgilash;
- bolalarni davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga qabul qilishda eskirgan tartibotlarni bekor qilish;
- ayrim davlat xizmatlarini Davlat xizmatlari markazlari va YaIDXP orqali ko‘rsatish.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
09:25 / 15.07.2026
2026 yilda OTMga qabul keskin oshirildi
10:17 / 10.07.2026
Ikkinchi oliy ta’lim uchun onlayn qabul boshlandi
09:27 / 06.07.2026
Texnikum bitiruvchilari uchun 2-kursdan o‘qishga qabul boshlandi
21:33 / 21.06.2026