08:20 / 31.08.2022
5225

Jizzax va Samarqandda yer silkinishi qayd etildi

FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabariga ko‘ra, 31 avgust kuni Toshkent vaqti bilan soat 08:11 da Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi. 

Zilzila koordinatalari: 39,63 gradus shimoliy kenglik; 67,75 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,3. Chuqurlik 15 km. Zilzila episentri Toshkentdan 220 km janubi-g‘arbda.

O‘zbekiston hududida yer silkinishi sezilish kuchi:

  • Baxmal tumanida 3-4 ball, 16 km;
  • Bulung‘ur tumanida 2-3 ball, 38 km;
  • Sharof Rashidov tumanida 2-3 ball, 44 km;
  • Toyloq tumanida 2 ball, 52 km;
  • Jizzax shahrida 2 ball, 55 km;
  • G‘allaorol tumanida 2 ball, 56 km;
  • Urgut tumanida 2 ball, 58 km;
  • Zomin tumanida 2 ball, 58 km;
  • Jomboy tumanida 2 ball, 60 km.
Top