08:54 / 05.09.2022
13711
O‘zbekistonda 5 balli magnit bo‘ronlari kuzatilishi prognoz qilinmoqda

Bugun, 5 sentabr kuni tush payti 5 balli magnit bo‘ronlari kuzatilishi prognoz qilinmoqda.

“O‘zgidromet” xodimi Erkin Abdulahadovning xabar berishicha, o‘tgan hafta quyoshda 24 ta kuchli quyosh chaqnashi kuzatilgan. 2 ta o‘ta aktiv zona rivojlangan. 

“Quyosh sirtidagi mazkur chaqnashlar Yerda magnit bo‘roni xavflilik darajasini oshirishi tabiiy”, deb yozadi mutaxassis.

“O‘zgidromet”ning Meteoinfokom tuzilmasi bugun tush payti O‘zbekistonda magnit bo‘ronining G3 darajaga ega 5 balli xavfini e’lon qilmoqda.

Bugun juda ko‘pchilikda bosh orqa qismida karaxtlik va biroz ko‘ngil aynish holatlari kuzatilishi mumkin.

Magnit bo‘roni – Quyosh shamoli ta’sirida Yer magnitosferasi vaqtincha o‘zgarishi. Quyosh shamoli kuchayishi magnitosferani ma’lum darajada siqadi. Bundan tashqari, quyosh shamoli Yerning magnit maydoni bilan o‘zaro reaksiyaga kirib, undan ajralgan energiya bir qismini magnitosferaga o‘tkazadi. Bu magnitosfera bo‘ylab plazma to‘lqinlari harakati tezlanishi va elektr oqimi kuchayishiga olib keladi.

Mavzuga oid
Top