Skandinaviyaga yopirilgan “Yoxannes” böroni Şvetsiyada uç kişining hayotiga zomin böldi va Şvetsiya, Norvegiya hamda Finlandiyada jami 140 ming xonadon ma’lum muddat elektr energiyasiz qoldi. Bu haqda dpa agentligi yakşanba, 28 dekabr kuni xabar berdi.
Svenska Dagbladet gazetasi ma’lumotiga köra, Şvetsiyada halok bölgan uç kişining barçasi şamol qulatgan daraxtlar ostida qolib ketgan. Fojiali hodisalar mamlakatning markaziy qismidagi Xofors va Sandviken şaharlarida, şuningdek Norrland mintaqasida, Botniya qöltiği sohilida joylaşgan Xernyosand şahrida sodir bölgan. Halok bölganlar 50 yoşdan 70 yoşgaça bölgan. Şvetsiyaning TT axborot agentligiga köra, ulardan biri Hemab energetika kompaniyasi xodimi bölgan. U oçiq havoda iş bajarayotgan paytda uning ustiga daraxt qulab tuşgan.
Naşr yozişiça, 28 dekabrda böron kuçi susaygan. Biroq qirollik hokimiyati hali ham avtomobilda safar qilişdan tiyilişni tavsiya qilmoqda — sababi yöllarda köplab qulagan daraxtlar yotibdi. Şuningdek, 28 dekabr kuni mamlakatdagi bir qator temiryöl yönalişlarida poyezdlar harakati töxtatilgani aytiladi. 28 dekabrda Şvetsiyada 40 ming xonadon elektr energiyasiz qolgan.
Finlandiyada ham “Yoxannes” böroni tufayli poyezdlar qatnovi izdan çiqqan. Dpa xabar berişiça, har ikki mamlakatda aviareyslar keçikib uçgan yoki umuman bekor qilingan.
Finlandiyada böronli şamol Jyenevadan kelgan Swiss Airlines yölovçi samolyotini uçiş-qöniş yölagidan surib çiqarib, qor uyumiga kiritib yuborgan. Uşbu hodisada heç kim jabrlanmagan.













