13:02 / 19.09.2022
3898
Armiya o‘yinlari g‘oliblari pul mukofoti hamda muddatidan oldin harbiy unvonlar bilan taqdirlandi
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

17 sentabr kuni “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasida “ArMI-2022” o‘yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan harbiy xizmatchilarni tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamentining Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, tadbirda yo‘nalishlar bo‘yicha harbiy jamoalarning har bir a’zosi lavozim maoshlariga mos ravishda o‘n, olti va uch baravari miqdorida pul mukofoti hamda bir pog‘ona yuqori malaka toifalari bilan rag‘batlantirildi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Shuningdek, armiya o‘yinlarida yuqori natijalarga erishgan bir guruh harbiy xizmatchilarga muddatidan oldin navbatdagi harbiy unvonlar topshirildi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Joriy yilning 15-27 avgust kunlari bo‘lib o‘tgan nufuzli harbiy musobaqa - “ArMI–2022” Xalqaro armiya o‘yinlarida o‘zbekistonlik harbiylar 7 ta oltin, 10 ta kumush, 5 ta bronza medallarini qo‘lga kiritgan edi. Shuningdek, Mudofaa vazirligi jamoasi 22 ta shaxsiy va jamoaviy rekord natijalar qayd etib, 37 ta davlat ichida umumjamoa hisobida faxrli ikkinchi o‘rinni egallagan.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Mavzuga oid
Top