Rossiya Federatsiyasining Omsk şahrida ötkazilgan “ReMBAT” – “Eng ilğor ta'mirlaş va evakuatsiya bataloni” musobaqasi öz yakuniga yetdi. Unda iştirok etgan Özbekiston terma jamoasi yakka tartibdagi poyga, harbiy texnika estafetasi, otiş tayyorgarligi, jamoa sardorlari bellaşuvi şartlarini köngildagidek bajarib, yakunda umumjamoa hisobida faxrli 2-örinni qölga kiritdi.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabariga köra, musobaqa 4 avgust kuni start olgan edi. Özbekiston harbiy mutaxassislari uşbu musobaqada birinçi marotaba iştirok etişiga qaramay, beşta bosqiçdan iborat bölgan bahslarning 4 tasida 2-, bittasida esa birinçi örinni qölga kiritdi. Umumiy hisobda esa Rossiya birinçilikni qölga kiritdi. Uçinçi örin Laos jamoasiga nasib etdi. Dunyoning kuçli 8 jamoasi iştirok etgan mazkur musobaqada Özbekiston jami 6 022 ball yiğdi.





– Yigitlarimiz uşbu musobaqaga jiddiy tayyorgarlik körgan edi, – deydi jamoaga boşçilik qilayotgan podpolkovnik Ismoil Navrözov. – Odam yursa oyoği, quş uçsa qanoti kuyadigan jaziramalarda toblanişdi. Mana bugun öşa zahmatlarimizning mevasidan bahramand bölyapmiz. Albatta, ğalaba lazzati hammaga ham yoqadi. Lekin bu birgina bizning emas, balki ona Vatanimizning ham yutuğidir.












