15:41 / 21.09.2022
11212
Shomurodov 2022 yilda milliy jamoada Messi, Holand va Manedan ko‘proq gol urgan
Foto: Tribuna.uz

Sentabr oyidagi FIFA kunlari oldidan Transfermarkt portali milliy jamoalarning 2022 yilgi eng yaxshi to‘purarlari ro‘yxatini e’lon qildi.

Nemis portaliga ko‘ra, O‘zbekiston milliy jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov yil boshidan buyon milliy jamoasi safida 9ta gol kiritib, bu borada jahonda peshqadamlik qilmoqda.

To‘purarlar ro‘yxatida o‘zbekistonlik goleadordan keyingi o‘rinni Norvegiya milliy jamoasi hujumchisi Erling Holand va Kamerun forvardi Vensan Abubakar egallagan – 8tadan gol. 

Senegal va «Bavariya» klubi forvardi Sadio Mane bu yil milliy jamoasida 7ta gol kiritgan bo‘lsa, «PSJ» hujumchisi Lionel Messi Argentina milliy jamoasi safida o‘z hisobiga 6ta gol yozib qo‘ygan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston milliy jamoasi FIFA kunlari doirasida 23 sentabr kuni Janubiy Koreyada Kamerunga qarshi, 27 sentabr kuni esa Kosta-Rika bilan o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi. Eldor Shomurodov bu bahslarda gollari sonini oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Mavzuga oid
Top