O‘zbekiston va Avstriya TIV rahbarlari Nyu-Yorkda ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazdi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Nyu-York shahrida Avstriyaning Yevropa va tashqi ishlar vaziri Aleksandr Shallenberg bilan uchrashdi.
Aloqalarni ikki tomonlama asosda hamda «O‘zbekiston – Avstriya – Yevropa ittifoqi» formatida jadallashtirish muhimligi ta’kidlandi. Turli darajadagi va shakldagi bo‘lajak uchrashuvlarga puxta tayyorgarlik ko‘rishga kelishib olindi.
O‘zbekiston iqtisodiyoti gidroenergetika, yashil texnologiyalar, qishloq xo‘jaligi va qurilish sanoati kabi tarmoqlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri Avstriya investitsiyalarini jalb qilish imkoniyatlari mavjudligi qayd etildi.
Ikki mamlakat xalqaro va mintaqaviy siyosat dolzarb masalalari bo‘yicha pozitsiyalari yaqinligi ta’kidlandi.