13:48 / 06.10.2022
5665

Toshkentdan Kuala-Lumpurga to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar tiklanyapti

2022 yil 1 noyabrdan Uzbekistan Airways Toshkent – Kuala-Lumpur – Toshkent  yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri qatnovlarni tiklamoqda.   

Mazkur yo‘nalishda qatnovlar haftada ikki marta seshanba va juma kunlari quyidagi jadval bo‘yicha amalga oshiriladi.  

Seshanba kunlari:  

Toshkentdan uchib ketish: 23:55 (Toshkent vaqti bilan) seshanba kuni; Kuala-Lumpurga yetib borish: 10:30 (Kuala-Lumpur vaqti bilan) chorshanba kuni; Kuala-Lumpurdan uchib ketish: 12:00 (Kuala-Lumpur vaqti bilan) chorshanba kuni; Toshkentga yetib borish: 17:00 (Toshkent vaqti bilan) chorshanba kuni.  

Juma kunlari:  

Toshkentdan uchib ketish: 23:00 (Toshkent vaqti bilan) juma kuni; Kuala-Lumpurga yetib borish: 9:30 (Kuala-Lumpur vaqti bilan) shanba kuni; Kuala-Lumpurdan uchib ketish: 11:00 (Kuala-Lumpur vaqti bilan) shanba kuni; Toshkentga yetib borish: 16:00 (Toshkent vaqti bilan) shanba kuni.  

Top