AQŞda budjet böyiça bahs dam oliş kunlari butun mamlakat böylab aviaqatnovda jiddiy uzilişlarga sabab böldi. Dispetçerlar orasidagi kadrlar tanqisligi tufayli 8 noyabr kuni taxminan 1500 ta reys bekor qilindi, yana 6000 ta reys keçiktirildi. Fuqaro aviatsiyasi federal ma’muriyati (FAA) 42 ta dispetçerlik minoralari va parvozlarni boşqariş markazlarida kadrlar yetişmasligi borligini ma’lum qildi.
Hukumat işining bloklanişini tugatiş böyiça muzokaralar muvaffaqiyatli ketayotgani haqida respublikaçilar xabarlar berganiga qaramay, şanba kuni keçqurunga qadar kelişuvga erişilmadi. Senat 9 noyabr kuni navbatdan taşqari majlis ötkazdi. FAA esa juma kuniyoq aviakompaniyalarga mamlakatning eng yirik 40 aeroportida kunlik reyslar sonini tört foizga qisqartirişni buyurgan.
Seşanbaga borib bu körsatkiç olti foizga, 14 noyabrgaça esa ön foizgaça oşirilişi kutilmoqda. Aviakompaniya vakillari parvozlarni tartibga soliş böyiça köplab çora-tadbirlar reyslarni rejalaştirişni deyarli imkonsiz qilib qöyayotganini aytdi. Jahonda eng gavjum aeroportlardan biri sanalgan Atlanta aeroportida şanba kuni örtaça keçikiş vaqti 282 daqiqani taşkil etdi.
Inqiroz hukumat işi 40 kundan beri bloklangan şaroitda çuqurlaşmoqda. Bu AQŞ tarixidagi eng uzoq davom etgan şatdaundir. Taxminan 13 ming aviadispetçer va 50 ming aeroport xavfsizlik xodimi maoşsiz holda işlaşga majbur bölmoqda, bu esa kasallik böyiça ta’tilga çiqiş holatlarini köpaytiryapti. FAA rahbari Brayan Bedford sözlariga köra, sönggi kunlarda dispetçerlarning 20–40 foizi işga çiqmagan.
Juma kuni respublikaçi senator Ted Kruz xavfsizlik uçun jiddiy xatarlar haqida ogohlantirdi. Uning aytişiça, şatdaun boşlanganidan beri uçuvçilar dispetçerlar haddan taşqari çarçagani sabab yuz bergan xatolar haqida 500 dan ortiq raport taqdim etgan. Prezident Donald Tramp ma’muriyati Senatda demokratlarga bosimni oşiriş va budjet loyihasini şarsiz ma’qullaşga erişiş uçun aviasohadagi muammolarga işora qilmoqda.
Öz navbatida, demokratlar respublikaçilarni tibbiy suğurta dasturini moliyalaştirişni uzaytiriş böyiça muzokaralarni tösib qöyganlikda ayblab, davom etayotgan inqiroz uçun mas’uliyatni ular zimmasiga yukladi. AQŞ transport vaziri Şon Daffi kadrlar bilan boğliq vaziyat yanada yomonlaşsa, reyslar sonini yigirma foizga qisqartiriş ehtimolini istisno etmadi.












