16:01 / 15.10.2022
41488

Kollej va texnikumlar mandati e’lon qilindi

Davlat test markazi tomonidan 2022 yil 3-7 oktyabr kunlari 2022/2023-o‘quv yili uchun professional ta’lim muassasalari (kollej va texnikumlar)ga kirish test sinovlari o‘tkazildi.

Foto: KUN.UZ

Oliy ta’lim vazirligi xabariga ko‘ra, bunda talabgorlarning test sinovida to‘plagan ballari test sinovi o‘tkazilgan kunning ertasigayoq my.dtm.uz saytida e’lon qilib borildi.

Bugun, 15 oktyabr kuni mazkur test sinovining yakuniy tanlov natijalari e’lon qilindi.

Talabgorlar tanlov natijalarini my.dtm.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.

Test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyent yoki uning ota-onasi yoxud ular o‘rnini bosuvchilar (vasiylar) ikki kun davomida professional ta’lim muassasasida tashkil etilgan apellyatsiya komissiyasiga yozma yoki elektron shaklda apellyatsiya shikoyatini berish huquqiga ega.

Bunda apellyatsiya shikoyati qabul qilingani to‘g‘risida abituriyentga xabarnoma beriladi.

Apellyatsiya shikoyatini bergan abituriyent xabarnomada belgilangan kunda o‘zining pasporti (tug‘ilganlik haqida guvohnoma) va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishi shart.

Apellyatsiya shikoyati ikki ish kunida apellyatsiya komissiyasi tomonidan abituriyentning yozma javoblari asosida ko‘rib chiqiladi.

Top