2024-2025 öquv yili uçun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yönalişlariga kiriş imtihonlari böyiça tanlov natijalari e’lon qilindi.

Bakalavriat ta’lim yönalişlariga kiriş imtihonlari böyiça tanlov natijalari e’lon qilindi. Bu haqda Bilimlarni baholaş agentligi ma’lum qildi. 

Natijalarni 4 xil usulda biliş mumkin:

— my.uzbmb.uz saytidagi “Natijani köriş” bölimiga pasport seriyasi va raqami hamda JŞŞIRni kiritgan holda (şaxsiy kabinetdan ham biliş mumkin).

— mandat.uzbmb.uz saytiga qayd varaqa yoki ruxsatnomadagi abituriyentning ID raqami (7 xonali raqam)ni kiritgan holda.

— SMS xabarnoma xizmati orqali — 5100 raqamiga abituriyentning ID raqami (7 xonali raqam)ni yuborgan holda (xizmat haqi mavjud).

—Oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladigan test natijalari qaydnomalari orqali.