10:53 / 07.11.2022
2797
Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi vazifalari belgilandi

Hukumat qarori bilan Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.

Foto: Getty Images

Jamg‘arma asosiy maqsadi xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, jumladan: og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga moddiy yordam ko‘rsatish; oilaviy va xususiy tadbirkorlik, hunarmandchilikni tashkil etishda ko‘maklashish; mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni egallashda ularga ko‘maklashish va rag‘batlantirishdan iborat.

Og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan, nogironligi bo‘lgan, kam ta’minlangan oilalardagi xotin-qizlarni moddiy qo‘llab-quvvatlash jamg‘arma mablag‘lari sarflanadigan asosiy yo‘nalishlardan biri hisoblanadi.

Prezidentning 2022 yil 1 martdagi farmoni bilan Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi sifatida qayta tashkil etilgan.

Mavzuga oid
Top