23:47 / 09.11.2022
28837

Havo harorati keskin sovishi sababli metan zapravkalarda cheklovlar joriy etilmoqda 

O‘zbekistondagi avtomobillarga tabiiy gaz to‘ldirish shoxobchalari ishlash vaqtiga cheklovlar joriy etiladi. 

Foto: Kun.uz

«O‘ztransgaz» AJ xabariga ko‘ra, kunning kechki va tungi vaqtlarida shoxobchalar faoliyati cheklanadi. 

«Respublikada tabiiy gaz iste’moli ortishi munosabati bilan 2022 yil 9 noyabrdan e’tiboran barcha AGTKSh Energetika vazirligi hamda viloyatlar hokimliklari bilan tasdiqlangan jadvalga asosan maxsus ish tartibiga o‘tkaziladi», deyiladi bayonotda. 

Tabiiy gaz to‘ldirish shoxobchalarining ish vaqti 18:00 dan 6:00 gacha cheklanishi kutilmoqda. Bunda yopilish vaqti mahalliy hokimlik qarori bilan belgilanadi va hududlarga qarab farq qilishi mumkin. 

Cheklovlar qachongacha amal qilishi xabarda keltirilmagan. 

«Hurmatli iste’molchilar, amaliyotga joriy etilayotgan choralar vaqtinchalik bo‘lib, munosib shart-sharoit paydo bo‘lishi bilan barcha AGTKSh odatdagi ish tartibiga qaytadi», deyiladi xabarda. 

Top