Raqobat qömitasi ma’lum qilişiça, ötgan yilning noyabr–dekabr oylarida bozor iştirokçilariga profilaktik maqsadlarda ogohlantirişlar yuborilib, metan gaziga kiritilgan vaqtinçalik çeklovlar holatidan foydalangan holda suyultirilgan gaz narxlarini asossiz oşirmaslik talab qilingan edi.

Şunga qaramasdan, ayrim xöjalik yurituvçi sub’yektlar tomonidan adolatli bozor prinsiplariga zid ravişda narxlarning asossiz oşirilişiga sabab böluvçi manipulyatsiya va muvofiqlaştirilgan harakatlar alomatlari kuzatilayotgani qayd etildi.

Aniqlangan holatlar böyiça Qömita tomonidan qonunbuzilişi alomatlari yuzasidan iş qözğatiş işlari boşlangan.

Bundan taşqari, birja savdolarida narxlarni barqarorlaştiriş maqsadida “korreksiyalaştiruvçi” çoralar körilmoqda. Xususan, bozor iştirokçilariga birja savdolariga mahsulotlarni töliq hajmda va bir maromda çiqariş böyiça körsatmalar yuborilgan.