10:12 / 11.11.2022
4725

VietJetAir O‘zbekiston va Vetnam o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlarni amalga oshirmoqchi

Foto: Dunyo

O‘zbekiston elchixonasi delegatsiyasining Xanoyga tashrifi doirasida Vetnam tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Xa Kim Ngok bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.

Vetnam Tashqi ishlar vazirligida o‘tkazilgan muzokaralar chog‘ida tomonlar bir qator kelishuvlarni ishlab chiqish yuzasidan qarorga keldilar. Ikki mamlakat Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlar navbatdagi raundini o‘tkazish, qishloq xo‘jaligi, baliqchilik, sholikorlik, to‘qimachilik, transport va logistika sohalariga investitsiyalar almashuviga ko‘maklashish, sayyohlik almashuvni rivojlantirish, VietJetAir aviashirkati tomonidan O‘zbekiston va Vetnam o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri havo qatnovlarini amalga oshirish, ikki mamlakat ta’lim muassasalari, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi va Vetnam diplomatiya akademiyalari o‘rtasida hamkorlik o‘rnatish, mamlakatlar madaniy va sport tadbirlarida o‘zaro ishtirok etish kabi masalalar shular jumlasiga kiradi.  

O‘zbekiston diplomatiya vakolatxonasi delegatsiyasi tashrifi doirasida Vetnam vazirlik va idoralarida siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va transport sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qilish maqsadida qator uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Top