14:46 / 15.11.2022
19374
Taxiatosh tumani hokimi 100 mln so‘m porani turmush o‘rtog‘i orqali olgani ma’lum bo‘ldi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxiatosh tumani hokimi korrupsiya bilan qo‘lga olinishi tafsilotlari ma’lum qilindi.

Foto: taqiyatas.uz

Qoraqalpog‘istonning Taxiatosh tumani hokimi Ilhom Matkarimov 100 million so‘m porani turmush o‘rtog‘i orqali olgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda DXX tomonidan tayyorlangan maxsus lavhada ma’lum qilingan.

Ma’lum qilinishicha, hokim mahalliy fermer xo‘jaligi rahbariga sholichilik faoliyati bilan erkin shug‘ullanishiga amaliy yordam berishni va’da qilib, undan 100 million so‘m talab qilgan va kelishilgan pulni xonadoniga olib borib, rafiqasiga berishni aytgan.

«Hokimning rafiqasi 100 million so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan», — deyiladi lavhada.

Avvalroq Qoraqalpog‘istonning Taxiatosh tumani hokimi Ilhom Matkarimov 1 noyabr kuni qamoqqa olingani, unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi va 25, 211-moddasi (pora berish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani xabar qilingandi. O‘shanda prokuratura ijtimoiy tarmoqlarda Ilhom Matkarimovning turmush o‘rtog‘i ham qamoqqa olingani haqidagi xabarlarni rad etgandi.

Mavzuga oid
Top