17:02 / 19.11.2022
8559

«O‘zbekiston investitsiyalar uchun ochiq mamlakat» - Patrik Jan Puane

Fransiyaning yirik TotalEnergies neft-gaz kompaniyasi rahbari O‘zbekistondagi islohotlarga yuqori baho berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston-Fransiya biznes-forumida TotalEnergies kompaniyalari guruhi prezidenti Patrik Jan Puane ishtirok etib, o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Biznes forum prezident Shavkat Mirziyoyevning Fransiyaga tashrifi arafasida o‘tkazilmoqda.

«Avvalambor, janob prezident Mirziyoyevning yana Fransiyaga tashrif buyurayotganidan mamnunmiz. Albatta, bu tashrif ikki tomonlama aloqalarni yanada mustahkamlashga o‘z hissasini qo‘shadi.

O‘zbekiston Markiy Osiyoda o‘z mavqeiga ega mamlakat. Ayniqsa, so‘nggi 5-6 yil ichida hukumat yirik islohotlarni amalga oshirish bilan band.

2017 yili O‘zbekistonda bo‘lgandim. Investor sifatida juda yaxshi qarshi olishgan. O‘zbekiston investitsiyalar uchun ochiq mamlakat. Bu esa yurtingizda yirik loyihalar boshlanishiga xizmat qiladi, albatta», dedi janob Puane.

Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev Fransiya Respublikasi prezidenti Emmanuel Makron taklifiga binoan 2022 yilning 21-22 noyabr kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.

Top