10:08 / 24.11.2022
8988

Kelin yoshi kuyovnikidan katta bo‘lgan nikohlar eng ko‘p Toshkentda qayd etildi

Kelinning yoshi kuyovnikidan katta bo‘lgan nikohlar eng ko‘p Toshkent shahri va Buxoro viloyatida qayd etilgan.

Foto: Kun.uz

2022 yilning yanvar-oktyabr oylarida respublika bo‘yicha 10 406 ta qayd etilgan nikohlarda kelinning yoshi kuyovnikiga nisbatan katta bo‘lgan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, hududlar kesimida eng ko‘p shunday holat Toshkent shahrida qayd etildi – 1 393 ta.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan hududlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:

  • Buxoro viloyati – 1 064 ta; 
  • Samarqand viloyati – 979 ta; 
  • Qashqadaryo viloyati – 944 ta;
  • Xorazm viloyati – 921 ta; 
  • Toshkent viloyati – 916 ta; 
  • Surxondaryo viloyati – 882 ta; 
  • Qoraqalpog‘iston R. – 855 ta;  
  • Farg‘ona viloyati – 599 ta;  
  • Namangan viloyati – 419 ta;  
  • Navoiy viloyati – 411 ta;  
  • Andijon viloyati – 409 ta; 
  • Jizzax viloyati – 339 ta;  
  • Sirdaryo viloyati – 275 ta.
Mavzuga oid
Top