Milliy statistika qömitasi ma’lumotlariga köra, 2025 yilning yanvar–sentabr oylarida FHDYo organlarida Özbekiston böyiça 177 mingta nikoh röyxatdan ötkazilgan. Eng yuqori körsatkiç Samarqand viloyatida — 21,2 mingta.

Ma’lumotlarga köra, hududlar kesimida nikohlar soni quyidagiça taqsimlandi:

  • Samarqand viloyati — 21,2 mingta;
  • Farğona viloyati — 19,4 mingta;
  • Qaşqadaryo viloyati — 17,7 mingta;
  • Toşkent şahri — 16,9 mingta;
  • Andijon viloyati — 14,9 mingta;
  • Surxondaryo viloyati — 14,0 mingta;
  • Namangan viloyati — 13,8 mingta;
  • Toşkent viloyati — 13,4 mingta;
  • Buxoro viloyati — 9,8 mingta;
  • Xorazm viloyati — 9,5 mingta;
  • Qoraqalpoğiston Respublikasi — 8,7 mingta;
  • Jizzax viloyati — 7,6 mingta;
  • Navoiy viloyati — 5,5 mingta;
  • Sirdaryo viloyati — 4,5 mingta.

Umuman, Samarqand viloyati hissasi jami 177 mingta nikohning taxminan 12 foizini taşkil etadi. Röyxatda keyingi örinlarni Farğona va Qaşqadaryo viloyatlari egallagan.