19:03 / 26.11.2022
18416
Qirg‘iziston prezidentidan qurultoyda kompyuter o‘ynamaslik so‘raldi

Qirg‘iziston Milliy qurultoyida Manas viloyatidan kelgan delegat Turatbek Maliyev prezident Sadir Japarovdan kompyuter o‘ynamaslikni so‘radi.

Foto: AP

Yig‘ilish ishtirokchisi ijtimoiy loyihalar bilan shug‘ullanishini, hududda sport majmuasi qurganini aytdi. Bu paytda davlat rahbari elektron planshetga qarab o‘tirgandi.

«2014 yildan beri qirg‘iz kurashi bo‘yicha turnir o‘tkazib kelaman. Muhtaram, Sadir Nurg‘ojoyevich, menga qarang. Men sizga sportchi sifatida murojaat qilyapman, lekin siz kompyuter o‘ynayapsiz. Kechirasiz», - dedi keksa delegat.

- So‘zlaringizni yozib o‘tirgan edim, - dedi Sadir Japarov.

Delegat bilan prezidentning bu so‘zlari qurultoy ishtirokchilarini kuldirib yubordi.

Top