10:49 / 01.12.2022
4008

Noyabr oyida inflatsiya 1,3 foizgacha tezlashdi

2022 yil noyabr oyida iste’mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar o‘rtacha 1,3 foizga oshgan. 

Foto: Kun.uz

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, yillik o‘sishda iste’mol narxlari indeksi o‘sish darajasi 12,3 foizga yetdi. 

2022 yil noyabr oyida narxlar va tariflar o‘sishida yetakchi o‘rinlarni oziq-ovqat mahsulotlari egallab, oy davomida ular narxlari o‘rtacha 2 foizga oshdi.

Shu davrda nooziq-ovqat tovarlari narxlari 0,9 foizga va aholiga pulli xizmatlar ko‘rsatish 0,8 foizga oshdi.

Top