22:00 / 03.12.2022
13345
JCh-2022. Niderlandiya AQShni mag‘lub etib, dastlabki chorakfinalchiga aylandi

«Xalifa» stadionida JCh-2022 nimchorakfinalidan o‘rin olgan dastlabki uchrashuv yakuniga yetdi.

Foto: Getty Images

Niderlandiya milliy jamoasi AQShga qarshi saf tortib, ishonchli g‘alabaga erishdi. Depay va Blind 1-taymdagi gollari evaziga niderlandlarni tanaffusga g‘olib sifatida olib chiqqan bo‘lsa, 76-daqiqada amerikaliklar forvardi Hoji Amir Rayt o‘yinga intrigani qaytargandek edi – 2:1.

Ammo 81-daqiqada katta sahnaga yana Dumfris chiqdi. Jamoasining dastlabki ikki goliga assistentlik qilgan himoyachi bu safar tabloga o‘z nomini yozib qo‘ydi – 3:1.

Shu tariqa, Lui van Gal shogirdlari JCh-2022da dastlabki chorakfinal yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. AQSh esa turnir bilan xayrlashdi. Niderlandlar 1/4 finalda Argentina – Avstraliya o‘yini g‘olibiga qarshi saf tortadi.

JCh-2022. 1/8 final. 3 dekabr
Niderlandiya – AQSh – 3:1

Gollar: 1:0 – 10 Depay, 2:0 – 45 Blind, 2:1 – 76 Rayt, 3:1 – 81 Dumfris.
Niderlandiya – Noppert, Dumfris, van Deyk, Ake, Timber, Blind, de Ron (Bergveyn, 46), Klassen (Kopmeyners, 46), de Yong, Depay (Simons, 83), Gakpo.
AQSh – Terner, Dest (Yyedlin, 75), Rim, Tsimmerman, Robinson, Adams, Makkenni (Rayt, 67), Musa, Pulishich, Vea (Aaronson, 67), Ferreyra (Reyna, 46).
Ogohlantirishlar: Kopmeyners (60), de Yong (87).

Mavzuga oid
Top