Argentinaliklar çorakfinalga çiqişdi va Niderlandiya bilan öynaşadi.

JÇ-2022. 1/8 final
Argentina — Avstraliya 2:1
Gollar: Messi (35), Alvares (57) — Fernandes (77, avtogol).
Argentina – Emiliano Martines, Molina (Montel, 80), Otamendi, Romero, Akunya (Talyafiko, 72), De Paul, Mak Allister (Palasios, 80), Fernandes, Gomes (Lisandro Martines, 50), Messi, Alvares (Lautaro Martines, 71).
Avstraliya – Rayan, Degenek (Karaçiç, 72), Suttar, Roulz, Bexiç, Makgri (Gudvin, 58), Muy, Bakkus (Xrustiç, 58), Irvayn, Lekki (Kuol, 72), Dyuk (Maklaren, 72).
Ogohlantirişlar: Irvayn (15), Degenek (38).

Maradonaga qarşi öynagan Arnold

Koreya Portugaliyani mağlub etdi. Yaponiya — nemislar va ispanlarni... Xohişga köra bunday röyxatni davom ettiriş mumkin, şunday ekan Avstraliya boş murabbiyi Grem Arnold pley-off startidan oldin istagança gapirişi mumkin edi. Çunki guruhdan çiqiş vazifasi uddalangaç, heç kim uni heç qanday gap uçun ayblamaydi.

«Albatta, biz Argentinani yengişimiz mumkin. Ötgan yili men olimpiya jamoasini boşqarganman, öşanda biz argentinaliklarni 2:0 hisobida yenggandik. Bu sariq futbolkadagilarning oq-havorang futbolkadagilarga qarşi öyini, 11 kişiga qarşi 11 kişi», — dedi Arnold Avstraliya televideniyesi jonli efirida.

Ammo, 2006 yilgi jahon çempionatida Guus Hiddinkning yordamçisi bölgan mutaxassis katta gapirgani yöq. U jahon çempionatida Messiga qarşi öynaş orzusi uşalganini aytdi. Qatardagi turnirga qadar heç kim avstraliyaliklar guruhda biror öyinda ğalabaga erişişiga işonmagani va bunday raqiblarga qarşi öyinda keladigan ilhom haqida gapirdi. Arnold nima haqida gapirayotganini biladi, çunki u 29 yil muqaddam 1994 yilgi jahon çempionati uçun qit’alararo ötiş bahsida Diyego Maradona yetakçiligidagi argentinaliklarga qarşi öynagandi. «Albiseleste» tarkibida öşanda hozirgi Argentina tarkibidagi futbolçilardan birining otasi — Karlos Makallister ham öynagan.

Biroq Argentina bu turnirda boşqa mağlubiyatga uçramoqçi emas. Janubiy amerikaliklar yarimhimoyaçisi De Paul hatto Saudiya Arabistonidan uçralgan mağlubiyat ma’lum ma’noda foydali bölganini aytdi. Şuningdek, ikkinçi ğalaba uzoq kutilgan xotirjamlikni keltirganini ta’kidladi. Jamoada içki muhim avvalboşdan ajoyib edi va buni Messi yana bir bor eslatib ötdi. Leo polyaklarga qarşi öyinda penaltini aniq ijro etolmagan bölsa-da, sardor öyinning eng yaxşi futbolçisi deb topildi, u esa sovrinini şu öyindagi birinçi gol muallifi Aleksis Makallisterga topşirdi.