16:13 / 10.12.2022
10353

Drezdenda qurolli hujum: garovga olinganlar bor

Foto: Reuters

Jinoyatchi Altmarktgalerie savdo markazida yashirinib olgan, deb xabar bermoqda nemis OAV. Bungacha u qotillik sodir etgani aytiladi.

Drezden shahri markazida 10 dekabr, shanba kuni qurolli shaxs bir necha kishini garovga oldi, ularning soni hozircha noma’lum. Nemis nashrlarining xabar berishicha, hujum qilgan shaxs Altmarktgalerie savdo markazida yashirinib olgan. Voqea joyiga politsiya maxsus kuchlari safarbar etildi. 

Bild gazetasining yozishicha, ertalab qurolli shaxs mahalliy radiostansiya binosiga bostirib kirib, o‘t ochgan, xodimlar xavfsiz joyda yashirinishga muvaffaq bo‘lgan. So‘ng mashinada shaharning markaziy qismiga borib, Altmarktgalerie savdo markazi dorixonalaridan birida yashirinib olgan.

Hozirda savdo markazi va uning atrofidagi hududlardan odamlar evakuatsiya qilinmoqda. Politsiya aholidan ushbu savdo maydonidan uzoqroq turishni so‘ragan. Yaqin atrofdagi Rojdestvo bozori yopildi. 

Hozircha tasdiqlanmagan rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, erkak radiostansiyaga yetib kelishidan oldin Drezdenning Prolis tumanida qotillik sodir etgan. 

Mavzuga oid
Top