13:25 / 04.01.2023
9528

DXX Samarqandda 26 kg narkotik moddaning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘ydi

Davlat xavfsizlik xizmatining Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari va Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari hamkorligida olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida 26 kg narkotik moddaning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

Videodan kadr

DXX xabariga ko‘ra, Bulung‘ur tumani hududidan o‘tuvchi “o‘zbek-tojik” davlat chegarasi yaqinida noma’lum shaxslar tomonidan qoldirib ketilgan 20 kg 3 gr “opiy” va 6 kg 5 gr “gashish” giyohvandlik vositalari borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan DXX Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 246- va 273-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Qayd etilishicha, ushbu giyohvandlik vositalari egalarining shaxsiga aniqlik kiritish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Top