08:08 / 04.01.2023
12960

Qamchiq dovoni vaqtincha yopildi

4 yanvar kuni soat 00:00 dan boshlab Qamchiq dovonidan o‘tgan avtomobil yo‘lida harakatlanish xavfsizligini ta’minlash maqsadida transport vositalarining harakati vaqtinchalik to‘xtatildi. 

Foto: Kun.uz

Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabariga ko‘ra, bunda ob-havo sharoitining keskin o‘zgarishi, kuchli qor yog‘ishi va Gidrometeorologiya xizmati markazi ma’lumotiga ko‘ra ko‘chki xavfi yuzaga kelgani inobatga olingan.

Dovon yo‘li Toshkent viloyati tomonidan “Chinor” muntazam YPX maskanidan va Namangan viloyati hududida “Sherobod” muntazam YPX maskanidan yopib qo‘yilgan. 

Bildirilishicha, dovon yo‘li ochilishi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Mavzuga oid
Top