10:00 / 05.01.2023
9705

Navoiyda kuchli shamol 43 ta simyog‘ochni qulatdi

4 ta mahalladagi 550 ta xonadon bir sutka davomida elektr energiyasiz qolgan. Hozirda holat to‘liq bartaraf etilgani aytilmoqda.

Foto: Hududiy elektr tarmoqlari

3 yanvar kuni kechga yaqin Nurota tumanida kuzatilgan kuchli shamol hududdagi 3 ta mahalla bir sutka davomida elektr energiyasiz qolishiga sabab bo‘ldi. Shamol oqibatida tumanning Sentob, Kattasoy va Kichiksoy mahallalarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi 10 kVli “Sentob” havo elektr uzatish tarmog‘idagi 43 ta tayanch qulagan.   

 “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Navoiy hududiy filiali matbuot xizmati rahbari Bakitbek Kizilbayevning Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, holatni bartaraf etish uchun 35 nafar mutaxassis xodimlardan iborat 8 ta guruh tuzilgan, 12 ta maxsus texnika, 3 ta yamabur va 3 ta temir beton tayanch tashuvchi yuk mashinalari jalb etilgan.

Kuchli shamol bitta simyog‘ochni qulatgan, u esa qolganlarini tortib ketgan. Qulagan tayanchlarning aksariyat qismi oraliq tayanchlar bo‘lib, ularga tirgak sifatida qo‘shimcha tayanchlar o‘rnatildi”, — deya holatga izoh berdi Bakitbek Kizilbayev. 

Hozirda holat to‘liq bartaraf etilgan va mahallalarda elektr energiyasi ta’minoti tiklangan.

Mavzuga oid
Top