Favqulodda vaziyatlar xizmatlari ma’lumotiga ko‘ra, kuchli shamol kuzatilishi ehtimoli bor tuman va shaharlarda ochiq havoda uzoq muddat qolmaslik, imkon qadar ishlar va tadbirlarni yopiq binolarda o‘tkazish tavsiya etiladi

Tashqariga chiqqanda niqob (maska) hamda ko‘zni himoya qiluvchi vositalardan foydalanish, ayniqsa, changli shamol bo‘lishi mumkin bo‘lgan paytlarda nafas yo‘llarini asrash zarur.

Baland daraxtlar, eskirib qolgan elektr ustunlari, yengil konstruksiyalar va reklama bannerlari atrofida to‘planmaslik, mustahkam bo‘lmagan tom qoplamalari, eshik-derazalarni mustahkamlab qo‘yish, yo‘l harakatida tezlikni me’yorga solish, oraliq masofani saqlash va shamol tezligi oshishi mumkin bo‘lgan yo‘l kesimlarida ehtiyotkorlikni kuchaytirish tavsiya etiladi.