Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy sudi amaldorni 78 million dollar pora olgani uchun o‘limga hukm qildi
Hukm 2 yilga kechiktirildi va umrbod qamoq jazosi bilan almashtirilishi mumkin.
Foto: Giulia Marchi/Bloomberg
Xitoy sharqidagi Tayan shahri sudi 6 yanvar kuni Lyaonin provinsiyasi Xalq siyosiy maslahat kengashi raisining sobiq o‘rinbosari Li Vensini 540 million yuan (taxminan 78 million dollar) miqdorida pora olgani uchun o‘lim jazosiga hukm qildi. Bu haqda «Jenmin jibao» gazetasi xabar berdi.
Nashrning yozishicha, hukm ijrosi ikki yilga kechiktirilgan. Shu bilan birga, ayblanuvchining barcha mol-mulki davlat foydasiga musodara qilinadi. Shu bilan birga, hukmda qayd etilganidek, ikki yillik muddatdan keyin jazo umrbod ozodlikdan mahrum qilish bilan almashtirilishi ham mumkin.
Mahalliy sud hokimiyatiga ko‘ra, Li Vensining noqonuniy xatti-harakatlari «mamlakat va xalq manfaatlariga jiddiy zarar yetkazgan». Biroq ayblanuvchi tergov bilan faol hamkorlik qilgan, bu esa aybni yengillashtiruvchi holat sifatida qayd etilgan.
Xitoy hukumati 2012 yilda Si Jinping boshchiligidagi rahbarlarning «beshinchi avlodi» hokimiyat tepasiga kelganidan keyin korrupsiyaga qarshi kurashni kuchaytirdi. So‘nggi yillarda korrupsiyaga qarshi keng ko‘lamli tadbirlar natijasida ko‘plab yuqori mansabdor shaxslar o‘z lavozimlaridan ayrildi, umrbod qamoq jazosiga yoki o‘limga hukm qilindi.
Xitoy o‘lim jazosi amalda saqlanib qolayotgan dunyoning kam sonli davlatlaridan biri hisoblanadi.
Mavzuga oid
13:38 / 19.01.2026
Xitoy iqtisodiyoti 2025 yilda 5 foizga o‘sdi
23:16 / 17.01.2026
Venesuela ustidan nazorat Trampni “neft qiroli”ga aylantira oladimi?
11:24 / 17.01.2026
Kanada Xitoy elektromobillariga bojlarni keskin pasaytiradi
13:52 / 15.01.2026