12:47 / 11.01.2023
3959

Chet el fuqarolariga yashash uchun ruxsatnoma berish muddati qisqaryapti

Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekistonda chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni ro‘yxatga olish tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi hukumat qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun yashash uchun guvohnomalarni olish tartibini soddalashtirish va arizalarni onlayn-tizim orqali ko‘rib chiqishni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Boshqa davlatlardan:

  • Qoraqalpog‘istonda va viloyatlarda doimiy yashashga ruxsatnoma berish haqida arizani ko‘rib chiqish 98 kundan 68 kunga, ko‘rib chiqish bosqichlari esa 10 tadan 8 taga qisqarmoqda;
  • Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga doimiy yashash uchun ruxsatnoma berish haqidagi arizani ko‘rib chiqish muddati 128 kundan 68 kunga, ko‘rib chiqish bosqichlari esa 11 tadan 8 taga qisqarmoqda.
Top