Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poytaxtda 263 attraksion tekshirildi: 39 tasi ruxsatnomasiz ishlayotgani aniqlandi
Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining ma’lumotiga ko‘ra, Toshkent shahridagi barcha madaniyat-istirohat bog‘lari va ko‘ngilochar maskanlarda o‘rnatilgan 263 ta attraksion tekshirilib, ulardan 39 tasi ruxsatnomasiz faoliyat yuritgani aniqlandi va to‘xtatildi.
Foto: Kun.uz
Milliy matbuot markazida o‘tkazilgan anjumanda qo‘mita rahbariyati attraksionlarda sanoat xavfsizligi va mehnat muhofazasi talablariga rioya etilishi bo‘yicha natijalarni e’lon qildi.
Tekshiruvlar xulosasiga ko‘ra:
- 45 ta attraksionda texnik pasport mavjud emas;
- 23 ta attraksionda soz holatda xizmat ko‘rsatish va xavfsiz foydalanish uchun mas’ul shaxs tayinlanmagan;
- 39 ta attraksion mavsum oldidan beriladigan ruxsatnomalarsiz noqonuniy ishlayotgani sababli faoliyatiga yo‘l qo‘yilmadi;
- xavfsizlik qoidalariga mos kelmagan 18 ta attraksion kamchiliklar bartaraf etilguncha vaqtincha elektr tarmog‘idan uzildi;
- ishlab chiqaruvchi korxona pasporti va birkasi yo‘q, qo‘l bilan o‘rnatilgan, remont talab 29 ta attraksionning faoliyati ham to‘xtatildi.
Qo‘mita attraksionlar ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish maqsadida attraksionnazorati elektron platformasini ishga tushirdi. Platforma orqali barcha turdagi attraksionlarni ro‘yxatga olish, texnik holati, davriy sinovlari, ruxsatnoma va sertifikatlari bo‘yicha yangilanuvchi ma’lumotlar bazasi shakllantiriladi. Fuqarolar xavfsizlikka oid qonunbuzarliklar haqida shu tizim orqali xabar berishi mumkin.
Qo‘mita mas’ullari attraksion egalari va servis uyushmalariga qonun talablariga qat’iy rioya etish, mavsum oldidan ekspertiza va ruxsatnomalarni o‘z vaqtida rasmiylashtirish, fuqarolarga xavfsiz xizmat ko‘rsatish uchun mas’ul shaxslarni belgilashni eslatdi.
Mavzuga oid
08:01 / 27.04.2026
Andijonda attraksion quladi: kamida 7 kishi jarohatlangan
21:22 / 18.04.2026
Transport vazirligi xalqaro yuk tashuvchilarning ruxsatnomalari bilan bog‘liq muammo bo‘yicha izoh berdi
11:57 / 13.11.2025
Milliy yuk tashuvchilariga Latviya tranziti uchun ruxsatnomalar joyida beriladi
20:31 / 10.11.2025