23:45 / 13.01.2023
7261

Navoiyda Rossiya va Xitoy ishtirokida yangi neft-kimyo qo‘shma korxonasi tashkil etildi

Korxonadagi asosiy ulush Rossiyaning «Tatneft» kompaniyasiga tegishli. 

Illyustrativ foto

Navoiy shahrida TatSinoNavoi MChJ neft-kimyo qo‘shma korxonasi tashkil etildi. Uning ta’sischilari orasida Rossiyaning «Tatneft» kompaniyasi bor. 

O‘zbekiston korxona va tashkilotlarining yagona davlat reyestriga ko‘ra, kompaniya 2022 yil 1 dekabrida ro‘yxatdan o‘tgan. Asosiy faoliyati sifatida noorganik kimyo moddalarini ishlab chiqarish ko‘rsatilgan. Ustav kapitali - 336 mlrd so‘m (yoki 29,7 mln dollar). Kompaniya rahbari – Ramil Gilvanov. 

TatSinoNavoi MChJ 51 foiz ulushi «Tatneft» (Rossiya), 15 foizi China National Chemical Engineering Co., Ltd. (CNCEC), 14 foizi «NavoiAzot» AJ (O‘zbekiston), 10 foizi Tatarstan Trade House SAN va Yevrazia kompaniyalariga tegishli.

Mavzuga oid
Top