18:12 / 13.01.2023
17138

Rossiya fuqaroligi olgan sobiq o‘zbekistonliklarni urushga jo‘natish taklif etildi

Rossiyada mamlakat fuqaroligini olgan Markaziy Osiyo, Kavkazorti davlatlarining sobiq fuqarolarini Ukrainadagi urushga jo‘natish taklif etildi. 

Foto: RIA Novosti

Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasi rahbari Aleksandr Bastrikin «Rossiyskaya gazeta»ga bergan intervyusida Markaziy Osiyo davlatlaridan kelganlarni Ukrainadagi urushga yuborishni taklif qildi.

«Statistika shuni ko‘rsatadiki, chet elliklar harbiy xizmatni chetlab o‘tib, ommaviy ravishda Rossiya fuqaroligini olmoqda. Oxirgi besh yil ichida Markaziy Osiyo va Kavkazorti davlatlaridan kelgan milliondan ortiq kishi, jumladan, Tojikiston, O‘zbekiston va Qirg‘izistonning 550 ming sobiq fuqarolari Rossiya fuqaroligini oldi», dedi Aleksandr Bastrikin.

Uning so‘zlariga ko‘ra, birgina 2022 yilning birinchi yarmida ushbu davlatlarning 60 mingdan ortiq voyaga yetgan fuqarolari Rossiya fuqaroligini olgan va «demak, ularni qabul qilgan mamlakatni himoya qilish bo‘yicha konstitutsiyaviy majburiyat ham yuzaga kelgan».

«Shu munosabat bilan, fuqarolikka qabul qilinganlarni urushda ishtirok etish uchun jo‘natish ustuvorligi masalasini ko‘rib chiqish tavsiya etiladi», dedi RF Tergov qo‘mitasi rahbari.

 

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top