Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tovarlarni bojxona tranziti rejimiga joylashtirish tartibi tasdiqlandi
Foto: Kun.uz
Vazirlar Mahkamasining "Tovarlarni bojxona tranziti rejimiga joylashtirish tartibi to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.
Bojxona kodeksining 118 va 261-moddalariga muvofiq: tovarni bojxona tranziti bojxona rejimiga joylashtirish uchun deklarant tomonidan bojxona organiga tranzit deklaratsiyasi va tovarning kuzatuv hujjatlari taqdim etiladi; tranzit deklaratsiyasi bojxona hududiga kirib kelayotgan tovarlar va transport vositalari bojxona chegarasini kesib o‘tguniga qadar yoki kesib o‘tish vaqtida beriladi.
Tranzit deklaratsiyasini bojxona organiga taqdim etish va rasmiylashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalar Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining «Ye-Tranzit» avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
Hujjat bilan quyidagilarni nazarda tutuvchi Tovar va transport vositalari bilan tranzit operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi:
- tranzit deklaratsiyasining bojxona rasmiylashtiruvi bosqichlari;
- tranzit deklaratsiyasi taqdim etilishi talab etiladigan va talab etilmaydigan holatlar;
- tranzit deklaratsiyasini taqdim etishda ilova qilinadigan hujjatlar turlari;
- tranzit deklaratsiyasini «Ye-Tranzit» avtomatlashtirilgan axborot tizimida ro‘yxatga olish tartibi;
- tranzit deklaratsiyasini o‘zgartirish, unga qo‘shimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish yoxud bekor qilish asoslari va tartibi.
Mavzuga oid
09:42
Yevroparlament YeI–AQSh bojxona kelishuvi bo‘yicha ishni muzlatdi
08:57 / 15.01.2026
1 trln 145 mlrd so‘mlik tovarlar noqonuniy muomaladan chiqarildi
08:40 / 10.01.2026
6 ta postda transport tekshiruvi sinov tariqasida chegara qo‘shinlariga berildi
19:55 / 25.12.2025