12:58 / 20.01.2023
9892

2022 yilda qariyb 50 mingta nikohdan ajrashish holati qayd etildi

2022 yilda O‘zbekistonda 48 734 ta nikohdan ajrashish holatlari qayd etilgan.

Statistika agentligining ma’lumotlariga ko‘ra, har ming nafar aholiga to‘g‘ri keladigan nikohdan ajrashishlar soni – 1,4 promilleni tashkil etgan.  

Hududlar kesimida nikohdan ajrashish holatlari soni eng ko‘p Toshkent shahrida qayd etildi – 5901 ta.

Undan keyingi o‘rinlardan ajrashish holatlari soni mos ravishda 5445 ta hamda 5098 tani tashkil etgan Farg‘ona viloyati va Toshkent viloyati joy oldi.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan hududlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega:

  • Andijon viloyati – 5019 ta;  
  • Samarqand viloyati – 4907 ta;  
  • Namangan viloyati – 4394 ta;   
  • Qashqadaryo viloyati – 3472 ta; 
  • Surxondaryo viloyati – 2810 ta;  
  • Buxoro viloyati – 2561 ta;  
  • Xorazm viloyati – 2138 ta;  
  • Qoraqalpog‘iston R. – 2067 ta;   
  • Sirdaryo viloyati – 1764 ta; 
  • Jizzax viloyati – 1728 ta;   
  • Navoiy viloyati – 1430 ta.   
Mavzuga oid
Top