23:07 / 28.01.2023
11279

Kun.uz 2022 yilning “Media lideri” deya e’tirof etildi

“Rost24” sayti tomonidan o‘tkazib kelinayotgan “Yil tanlovi-2022”da g‘oliblar aniqlandi.

28 yanvar kuni Alisher Navoiy nomidagi kino saroyida “Rost24” tahririyati tomonidan o‘tkazib kelinayotgan “Yil tanlovi–2022” g‘oliblari aniqlandi.

Unda jurnalist, bloger va faol jamoatchilar talqini, shuningdek, tahririyatning ijtimoiy tarmoqlarda o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra bir qator nominatsiyalarda g‘oliblar e’tirof etildi.

Jumladan, Kun.uz internet nashri jamoatchilik talqiniga ko‘ra, 2022 yilning “Media lideri” sifatida g‘oliblikka munosib ko‘rildi.

Tanlovning bosh mukofoti – “Yil odami” nominatsiyasida esa o‘zbekistonlik yosh shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov g‘olib deb topildi. Ovoz berishda ishtirok etganlarning ko‘pchiligi aynan xalqaro grossmeysterni g‘oliblikka munosib topgan.

Tanlovda, shuningdek, “Yilning eng namunali viloyat hokimligi”, “Yilning eng namunali matbuot kotibi”, “Yilning eng namunali davlat tashkiloti”, “Yilning eng namunali jamoat tashkiloti”, “Yilning eng faol deputati”, “Xalqning ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirishdagi hissasi uchun” kabi qator nominatsiyalarda ham g‘oliblar aniqlandi.

Ma’lumot uchun, turli yillarda tanlovning “Yil odami” nominatsiyasida sobiq deputat Rasul Kusherbayev, Senat raisi Tanzila Norboyeva va futbolchi, O‘zbekiston milliy terma jamoasi hamda Italiyaning “Roma” klubi a’zosi Eldor Shomurodov ham g‘oliblikka munosib ko‘rilgan edi. 

 

Top