Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qamchiq va Taxtaqoracha dovonlarida kuchli yog‘ingarchilik kutilyapti
2023 yil 2-5 fevral kunlari A-373 Toshkent – O‘sh avtoyo‘li Qamchiq dovoni hududida va M-39 Toshkent - Shahrisabz - Termiz avtoyo‘li Taxtaqoracha dovonidan o‘tgan qismida qor yog‘ishi kutilyapti.

Foto: Kun.uz
“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, ushbu hududlarda vaqti–vaqti bilan kuchli yog‘ingarchilik, tuman kuzatilishi, ko‘rinuvchanlik 50 metrgacha pasayishi, shamol tezligi 15 – 20 m/s gacha kuchayishi, avtoyo‘lda yaxmalak va qor uyumlari yuzaga kelishi mumkin.
Shuningdek, joriy yil 2-6 fevral kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo harorati sezilarli o‘zgarishlari sababli respublika tog‘li hududlarida, jumladan:
- Qashqadaryo viloyatining Kitob, Shahrisabz, Qamashi, Dehqonobod tumanlarida;
- Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun, Boysun tumanlarida;
- Jizzax viloyatining Zomin, Baxmal tumanlarida;
- Toshkent viloyatining Parkent, Ohangaron, Bo‘stonliq tumanlarida va Chotqol tizmasi Chimyon tog‘larida;
- Namangan viloyatining Pop tumanida;
- Farg‘ona viloyatining So‘x, Farg‘ona tumanlarida qor ko‘chishi xavfi e’lon qilinadi.
Tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘ralgan.
Tavsiya etamiz
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?
Jahon | 23:12 / 21.07.2025
Uy sotib olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?
Ko‘chmas mulk | 16:30 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
Ta’lim | 11:29 / 21.07.2025
Davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi
Ta’lim | 11:09 / 21.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Suriya rasmiylari Suvaydadan badaviy oilalarni evakuatsiya qilishni boshladi
Jahon | 09:09
-
Kouzon corporations O‘zbekistonda kadrlar tayyorlash bo‘yicha o‘quv markazlarini tashkil etadi
O‘zbekiston | 09:00
-
Microsoft server dasturiy ta’minotiga hakerlar hujumi haqida ma’lum qildi
Jahon | 08:40
-
Germaniya banki O‘zbekistonda biznesni moliyalashtirish loyihasini amalga oshiradi
Iqtisodiyot | 08:32
Mavzuga oid

22:31 / 02.07.2025
Qamchiq dovonida yuk mashinasi yonib ketdi

21:29 / 05.06.2025
Toshkentdan vodiyga qaytishda ulkan tirbandliklar kuzatilmoqda

18:45 / 22.05.2025
Qamchiq dovonida Cobalt xandaqqa tushib ketdi

11:32 / 03.05.2025