15:26 / 01.02.2023
29861

Soledardagi vagnerchilar va Lvivda dafn etilgan amerikalik. Urush suratlari

Ukrainada urushning 342-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar: 

  • Vladimir Putin chegara hududlarida terrorchilik xavfi darajasini joriy etish muddatlariga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qildi – bu to‘liq harbiy holat deganidir. RF prezidenti farmoniga ko‘ra, xavflilikning «sariq» darajasi joriy etilgan regionlarda endilikda avtomobillarda portlovchi qurilmalar va qurollar bor-yo‘qligi tekshiriladi.
  • RF mudofaa vazirligi Donetsk oblastining Blahodatnoye posyolkasi egallanganini ma’lum qildi. Bu hudud ustidan nazorat o‘rnatilgani haqida avvalroq «Vagner» rahbari Yevgeniy Prigojin ham xabar bergandi. Ukraina bu ma’lumotlarga munosabat bildirmagan.
  • Rossiyada «qisman safarbarlik» vaqtida to‘qqiz mingdan ortiq kishi noqonuniy safarbar qilingani ma’lum bo‘ldi. Prokuratura ularni uyiga qaytaradi.
  • Vladimir oblastidan safarbar qilingan shaxs harbiy qismni tashlab ketgani uchun qamoq jazosiga hukm qilindi. U o‘z harakatini «uyini sog‘ingani» bilan izohlagan.
  • Moskva sudida sobiq deputat, Rossiya armiyasi haqidagi «feyklar» ishi bo‘yicha ayblangan Aleksandr Nevzorov uchun 9 yil qamoq jazosi (sirtdan) so‘raldi. Nevzorov anchadan buyon Rossiyada emas, o‘tgan yili u Ukraina fuqaroligini olgandi.

«Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi yollanma jangchilari Soledarda

«Vagner» XHK rahbari Yevgeniy Prigojin Soledar «to‘lig‘icha uning yollanma jangchilari nazoratiga o‘tgani» haqida 11 yanvardayoq e’lon qilgandi. Ikki kun o‘tib RF mudofaa vazirligi shahar «Rossiya qo‘shinlarining turli guruhlari» tomonidan egallangani haqida xabar berdi, 16 yanvar kuni esa — «DXR» rasmiylari bu ma’lumotni tasdiqladi. Ukraina o‘z harbiylari Soledardan chekinganini faqat 25 yanvarga kelib tan oldi.

Soledar Rossiya armiyasining so‘nggi oylardagi asosiy harbiy maqsadlaridan biri bo‘lib qolayotgan Baxmut shahridan 10-15 kilometr masofada joylashgan. Ayrim ekspertlar fikricha, Soledarning olinishi RF qo‘shinlarining Baxmut yo‘nalishida muvaffaqiyatga erishish imkoniyatlarini oshiradi.

«Vagner» XHK jangchisi Soledardagi janglar vaqtida vayrongarchiliklar kuzatilgan ko‘chalardan birida
Ivan Noyabrev / TASS
Soledardagi ibodatxonada turgan vagnerchilar
Ivan Noyabrev / TASS
Preobrajyenskiy ibodatxonasi yonidagi ko‘cha bo‘ylab ketayotgan «Vagner» XHK jangchilari
Ivan Noyabrev / TASS

Yarim yillik qamaldan keyingi Baxmut

Amerikadagi Urushlarni o‘rganish instituti (ISW) ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya Baxmut atrofidagi pozitsiyalarga bu shaharni 2022 yil iyulidan buyon shturm qilayotgan «Vagner» yollanma jangchilari o‘rniga Rossiya muntazam armiyasi bo‘linmalarini joylashtirmoqda. ISW tahlilchilariga ko‘ra, bu shaharga yurish qilishning kulminatsiyasini ortga suradi, shu bilan birga, Ukraina qo‘mondonligi jiddiy yo‘qotishlarga uchramaslik uchun chekinishga qaror qilishi ham mumkin.

Baxmut mudofaasidagi ukrain harbiylari «Nastoyashchego vremeni» muxbiriga Rossiya qo‘shinlari ushbu shahardagi Ukraina harbiylari ta’minotida foydalaniladigan ikkita asosiy trassani o‘qqa tutish uchun yetarli masofada yaqinlashgan — bular Slovyansk va Konstantinovkadan keluvchi yo‘llardir. Ukraina qurolli kuchlari jangchilari ko‘cha janglariga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Bundan tashqari, Baxmut shahri harbiy ma’muriyati rahbari Oleksiy Revaning xabar qilishicha, qamaldagi Baxmutda 6,5 ming atrofida tinch aholi vakillari qolmoqda (urushga qadar bu shaharda 70 mingdan ortiq kishi yashagan). Qolgan aholi zudlik bilan evakuatsiya bo‘lishga chaqirilmoqda.

Marek M. Berezowski / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Marek M. Berezowski / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Oldingi chiziqdan shaharga qaytib kelayotgan ukrain harbiylari
Marek M. Berezowski / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Marek M. Berezowski / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Baxmutdan evakuatsiya 

Baxmutlik politsiyachi mahalliy aholi vakili Olga va uning olti yoshli nabirasi Arinani shahardan ketishga undamoqda
Oleksandr Ratushniak / Reuters / Scanpix / LETA
Politsiyachilar bolalar zirhli nimchasini taqqan Arinani Baxmutdan olib ketishmoqda
Oleksandr Ratushniak / Reuters / Scanpix / LETA

Ukraina armiyasining Baxmut yaqinidagi frontorti pozitsiyasi

Ukrainalik harbiylar oldingi chiziqdagi pozitsiya ta’minoti uchun o‘tin tayyorlashmoqda
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Ukrainalik jangchi barakdagi (yog‘ochdan qurilgan vaqtinchalik uy) pechkaga o‘t qalamoqda
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA

Xerson oblastining ozod etilgan qishloqlari

Stanislav qishlog‘ida yashovchi kishi o‘tin tayyorlamoqda. Stanislav Xersondan taxminan 40 kilometr masofada, Dnipro ko‘rfazi bo‘yida joylashgan. Ukraina qo‘shini qishloqni 2022 yil 10 noyabr kuni — Xerson ozod etilishidan bir kun oldin o‘z nazoratiga qaytargandi.
Genya Savilov / AFP / Scanpix / LETA
78 yoshli ukrainalik Anna ko‘ngillilar bergan oziq-ovqatni bolalar kolyaskasiga solib olib ketmoqda. Bu surat Xerson oblastining aynan qaysi qishlog‘ida olingani ma’lum emas
Nacho Doce / Reuters / Scanpix / LETA
Ko‘ngilli Nikolay Xerson oblastining Ukraina nazoratiga qaytgan qishloqlaridan birida aholiga oziq-ovqat tarqatmoqda
Nacho Doce / Reuters / Scanpix / LETA

Volodimir Zelenskiy Mikolayivdagi hospitalda

30 yanvar kuni Volodimir Zelenskiy Mikolayivga tashrif buyurib, region rahbariyati bilan yig‘ilish o‘tkazdi. U shuningdek Daniya bosh vaziri Mette Frederiksen bilan birga shahardagi hospitallardan biriga yarador jangchilarni ko‘rish uchun keldi. Mikolayiv oblastining vayron bo‘lgan shahar va qishloqlarini tiklashda aynan Daniya hukumati yordam beradi.
Ukraina prezidenti matbuot xizmati / AP / Scanpix / LETA

Kiyevda tokdan uzilgan hayvonot bog‘i 

Kiyevdagi hayvonot bog‘i xodimi Toni laqabli 48 yoshli gorillani isitish uchun pechkaga o‘t yoqmoqda. Ukraina poytaxtida hamon elektr va issiqlik ta’minotidan rejali o‘chirishlar davom etmoqda, bu jarayon 2022 yil oktyabrida, rossiyaliklar Ukraina energiya tizimini yoppasiga o‘qqa tutishga kirishishi ortidan boshlangandi.
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
Hayvonot bog‘i xodimlari volerlarni isitish uchun keltirilgan generatorlarni tushirishmoqda, ularni Berlin hayvonot bog‘i taqdim etgan
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA

Frontda halok bo‘lgan amerikalik ko‘ngillining dafn marosimi 

AQSh fuqarosi Deniyel Sviftning Lvivdagi katolik ibodatxonada o‘tkazilgan tantanali dafn marosimi. Svift o‘tgan haftada, Ukraina armiyasi xorijiy legioni safida jang qilish chog‘ida halok bo‘lgan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, legionda 55 mamlakat fuqarolari jang qilmoqda. Ukraina qurolli kuchlari xavfsizlik nuqtayi nazaridan ko‘ngillilarning aniq sonini keltirmagan.
Mateusz Nowak / AP / Scanpix / LETA
Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top