Harbiy ekspertlarning fikriça, Baxmut hududida Rossiya havo-desant qöşinlarining faol ravişda harakat qilayotgani şundan dalolat beradi.

ISW'ning an’anaviy tahliliy hisobotiga köra, Rossiya kuçlari, ehtimol, Donbassda rejalaştirilgan hal qiluvçi hujum oldidan Ukrainaning taşabbusni qaytarib olişiga yöl qöymaslikka harakat qilmoqda. 

Rossiya Boş ştab boşliği Valeriy Gerasimovning Rossiya kuçlari asosiy sa’y-harakatlarini Donetsk viloyatini egallaşga qaratgani haqidagi sözlari, ehtimol, Rossiya kuçlari tomonidan hududlarning ma’muriy çegaralariga yetib boriş maqsadida Luhansk viloyati ğarbiy qismidagi va Donetsk viloyatining şimoli-şarqiy qismidagi muhim pozitsiyalarni egallab olişga urinişdan darak beradi. 

«Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi jangçilari Baxmutdan şimolda joylaşgan Blahodatnoye qişloğini egallagan. Bu haqda uşbu XHK rahbari Yevgeniy Prigojin ma’lum qildi.

«Vagner» XHK bölinmalari Blahodatnoyeni egalladi. Blahodatnoye bizning nazoratimiz ostida», — deyiladi uning matbuot xizmati xabarida.

Rossiya Mudofaa vazirligi Prigojinning bu sözlarini tasdiqlamagan.