«Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi jangçilari Baxmutdan şimolda joylaşgan Blahodatnoye qişloğini egallagan. Bu haqda uşbu XHK rahbari Yevgeniy Prigojin ma’lum qildi.

«Vagner» XHK bölinmalari Blahodatnoyeni egalladi. Blahodatnoye bizning nazoratimiz ostida», — deyiladi uning matbuot xizmati xabarida.

Rossiya mudofaa vazirligi Prigojinning bu sözlarini tasdiqlamagan.

Ukraina qurolli kuçlari Boş ştabi esa 29 yanvar kuni ertalabki hisobotida Blahodatnoyeni duşman hujumlari bartaraf etilgan aholi yaşaş manzillaridan biri sifatida keltirgan. Svodkada qayd etilişiça, ukrain harbiylari Donetsk oblasti şarqidagi yana 13 ta aholi yaşaş manzilida Rossiya tomonidan qilingan hujumlarni qaytargan.

  • Blahodatnoyeni uşlab turiş Ukraina qurolli kuçlari uçun öta muhim. Blahodatnoye Soledar va Baxmut örtasida, Baxmutni Seversk bilan boğlovçi trassa yoqasida joylaşgan. Agar bu trassa nazorati rossiyalik harbiylarga ötsa, Baxmut mudofaasidagi ukrain armiyasi ta’minotida jiddiy muammolar tuğilişi mumkin.
  • Baxmut uçun janglar 2022 yil iyulidan buyon davom etmoqda. Yanvar oyi örtalarida Rossiya tomoni kamida uç marta Soledar şahri egallangani haqida xabar berdi. Ukraina qurolli kuçlari rahbariyati esa faqat 25 yanvar kuniga kelib ukrain qöşini uşbu şahardan olib çiqilganini tasdiqladi.
  • 19 yanvar kuni Yevgeniy Prigojin vagnerçilar Baxmutdan 5 kilometr janubda joylaşgan Kleşçiyevka şaharçasini egallagani haqida xabar bergandi. Keyingi kuni esa RF mudofaa vazirligi esa ham bu ma’lumotni tasdiqladi. Ukraina tomoni bu xabarlarga munosabat bildirmadi.