08:47 / 04.02.2023
4708

Xitoy elchisi O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlamoqda

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Saidov mamlakatda diplomatik missiyasini yakunlayotgan Xitoy elchisi Tszyan Yanni qabul qildi.

Foto: Dunyo

O‘zbekiston TIV rahbari elchining O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi do‘stlik munosabatlari va har tomonlama strategik sheriklikni mustahkamlashga qo‘shgan izchil faoliyati va salmoqli hissasini qayd etdi.

Ikki davlat rahbarlarining ishonchli muloqoti va birgalikdagi sa’y-harakatlari tufayli bugun O‘zbekiston-Xitoy munosabatlari yuksak darajaga ko‘tarilib, tizimli va jadal tus olgani, madaniy-gumanitar, ilmiy-ma’rifiy aloqalar kengayayotgani ta’kidlandi.

Tszyan Yan Xitoyning O‘zbekistondagi diplomatik vakolatxonasi rahbari sifatidagi faoliyatida O‘zbekiston tomonidan har tomonlama ko‘mak berilgani uchun minnatdorlik bildirdi.

Top