
Marokashda o‘tgan klublar o‘rtasidagi jahon chempionati yakuniga yetdi.
Finalda YeChL g‘olibi «Real» OChL chempioni «Al Hilol» bilan to‘qnash kelib, 8ta gol urilgan o‘yinda g‘alaba qozondi.
Bellashuvda 3ta dubl qayd etildi — madridliklardan Vinisius hamda Valverde, Osiyo jamoasidan «Atletiko» va «Vilyarreal»ning sobiq hujumchisi Vetto buni uddalashdi. Shuningdek, Benzema va Marega o‘z hisoblariga gol yozdirib qo‘yishdi.
Shu tariqa Madrid klubi 5-bor ushbu turnirda zafar quchdi. Bu — rekord. Eng yaqin ta’qibchi «Barselona» hisobida 3ta chempionlik bor.
Klublar o‘rtasidagi JCh. Final
Real — Al Hilol 5:3
11 fevral, «Mulaya Abdulla»
Gollar: Vinisius (13, 69), Valverde (18, 58), Benzema (54) — Marega (26), Vetto (63, 79).
Real – Lunin, Karvaxal (Valexo, 79), Alaba, Ryudiger, Kamavinga, Modrich (Nacho, 74), Kroos (Asensio, 74), Tchuameni (Sebalos, 62), Valverde, Benzema (Rodrigo, 62), Vinisius.
Al Hilol – Al Mayuf, Abdulhamid, Chjan Hyon Su, Al-Bulayxi, Xalifa Ad Dovsari, Karrilo (Maykl Richard, 75), Kuelyar, Salim Ad Dosari (Nosir Ad Dovsari, 75), Kanno, Vetto (Al Hamdan, 87), Marega (Igalo, 86).