11:00 / 27.02.2023
14930

Sardor Umrzoqov Qatar amiriga Shavkat Mirziyoyevning maktubini yetkazdi

Prezident Administratsiyasi rahbari Sardor Umrzoqov Qatar amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy bilan uchrashdi.

Foto: diwan.gov.qa

Qatar rasmiylari e’lon qilgan ma’lumotga ko‘ra, Sardor Umrzoqov Qatar amiriga Shavkat Mirziyoyevning maktubini yetkazgan.

Maktubda O‘zbekiston va Qatar o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar, ularni mustahkamlash va rivojlantirish istiqbollari haqida so‘z boradi.

Bundan tashqari, ma’lumotda aytilishicha, maktubda O‘zbekiston hamda Qatar o‘rtasidagi hamkorlik masalalari ham tilga olingan.

Top