Xitoyning China Southern Airlines aviakompaniyasi Pekin va Toshkent o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri muntazam qatnovlarni tiklamoqda. Birinchi yo‘lovchi reysi 2023 yilning 26 martiga mo‘ljallangan.

Foto: Nicholas Williams
Reyslar Airbus A330-200 samolyotlarida haftasiga ikki marta — dushanba va juma kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Ayni paytda aviatashuvchi ham haftada bir marta, chorshanba kunlari Urumchi — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam parvozlarni amalga oshirmoqda.
Xitoyning Guanchjou shahrida joylashgan China Southern Airlines aviakompaniyasi parki hajmi bo‘yicha Osiyodagi eng yirik aviakompaniya, shuningdek, Osiyodagi eng yirik aviatashuvchi hisoblanadi.