Faoliyati tugatilayotgan kutubxonaning barcha kitoblari va xodimlar ish o‘rni saqlab qolinadi – SamDAQU

Foto: Facebook / Anastasiya Pavlenko
Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti o‘z balansida bo‘lgan Bulung‘ur tumanidagi kutubxona nega auksionga qo‘yilgani va yopilayotganiga munosabat bildirdi.
Universitet axborot xizmatining ma’lum qilishicha, Bulung‘ur tumanida joylashgan ARM filiali 2006 yil 20 iyundagi PQ-381-sonli prezident qarori asosida tashkil etilgan bo‘lib, yaqingacha SamDAQU hisobida bo‘lgan.
«Bulung‘ur shahrining Amir Temur ko‘chasida joylashgan bir qavatdan iborat filial binosi asosiy devorlari xom g‘ishtdan qurilgan. Bino poydevorlari cho‘kkan, tom yopmalari yaroqsiz holatga kelgan. Pol, shiftlar, eshik va romlar ham to‘liq ta’mirtalab holatga kelgan. Binoning foydalanish muddati tugagan. Bino yaroqsiz holatga kelgani, isitish tizimi ham qoniqarsizligi, mavjud binoni kapital ta’mirlash maqsadga muvofiq emasligi to‘g‘risida tegishli tashkilotlarning xulosasi berilgan.
Yuqoridagi xulosalarga tayanib universitet rahbariyati tomonidan filial binosini davlat-xususiy sherikchilik asosida qayta qurish maqsadida yuqori turuvchi tashkilotlarga rasmiy xatlar bilan murojaat etilgan.
Ushbu binoning holati qoniqarsiz ekani shu kunga qadar OAV tomonidan ham bir necha bor yoritilgan.
Bugungi kunda filial binosi 18.03.2022 yildagi PQ-168-sonli prezident qaroriga ko‘ra iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish va xususiy sektorni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, davlat aktivlarini shaffof holda xususiylashtirish jarayonini tezlashtirish maqsadida qabul qilingan qaror bilan universitet balansidan chiqarilgan.

Universitet ma’muriyati Bulung‘ur tuman hokimiyatidan kitoblarni saqlash va Bulung‘ur xalqi ushbu kitoblardan foydalanishi uchun tuman hokimiyatidan amaliy yordam so‘ragan. Filialdagi bino xonalarining namligi o‘quv adabiyotlarni saqlash holatiga javob bermasligi tufayli tumanda axborot-kommunikatsiyalar markazi qurilgunga qadar adabiyotlar vaqtincha tuman tasarrufidagi boshqa binoga ko‘chirilmoqda.
Filial fondida jami kitoblar soni 30242 dona bo‘lib, shundan yangi kitoblar soni 1141 donani tashkil etadi. Hozirda adabiyotlar inventarizatsiya qilinmoqda. Ammo mavjud kitoblarning hech biri makulaturaga topshirilmaydi. SamDAQU barcha adabiyotlar saqlab qolinishini kafolatlaydi», deyiladi SamDAQU munosabatida.
Universitet shuningdek, Bulung‘ur ARM filialida shu kunga qadar besh nafar kutubxonachi, bir nafar farrosh, bir nafar duradgor, uch nafar qorovul faoliyat yuritib kelgani va ularning shtatlari saqlanishi, xodimlar o‘z ishini yo‘qotmasligini ma’lum qilgan.
Tavsiya etamiz
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
Eronning amaldagi siyosiy tizimi. U qanday paydo bo‘lgandi?
Jahon | 19:30 / 24.06.2025
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eron 400 kilodan ortiq boyitilgan uranni AQSh zarbalaridan yashirishga ulgurgan - Yevropa razvedkasi
Jahon | 23:36 / 26.06.2025
-
XVJ daromad solig‘ini tabaqalashtirishga chaqirdi. Iqtisodchi bunga qarshi to‘rtta sabab keltirdi
Iqtisodiyot | 23:08 / 26.06.2025
-
AQSh 2026 yilda yadro triadasini rivojlantirishga 60 mlrd dollar sarflashni rejalashtirmoqda
Jahon | 22:51 / 26.06.2025
-
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Belarusga yetib bordi
O‘zbekiston | 22:32 / 26.06.2025
Mavzuga oid

14:59 / 24.06.2025
Samarqandda Zarafshon daryosi qirg‘og‘ida qolib ketgan fuqarolar qutqarildi

10:21 / 21.06.2025
Samarqandda 1 kg giyohvandlik moddasini sotayotganlar ushlandi

17:15 / 10.06.2025
“Ekishni xohlamaganlarning yeri xitoyliklarga beriladi” – Urgutda fermerlar shunday ogohlantirildi

11:40 / 09.06.2025