16:45 / 10.03.2023
9063

London: Rossiya raketalar yetishmovchiligi tufayli hujumlar orasidagi tanaffusni oshirdi

Foto: MAGO

Britaniya harbiy razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyaning Ukrainaga raketa zarbalari o‘rtasidagi vaqt bo‘yicha tanaffus raketalar yo‘qligi sababli uzaygan

Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi Twitter’da e’lon qilgan kunlik xulosaga ko‘ra, Rossiya 9 mart kuni Ukrainaning muhim infratuzilmasiga kamida 80 ta uzoq masofali raketa zarbalarini bergan. 

Razvedka ma’lumotlariga ko‘ra, hujum qanotli raketalar, «yer-yer» sinfidagi raketalar, Eronning kamikadze dronlari va havodan uchiriladigan juda ko‘p sonli gipertovushli ballistik raketalarni o‘z ichiga olgan. 

Bu 16 fevraldan beri Rossiya raketa zarbalarining birinchi yirik to‘lqini bo‘ldi va ehtimol o‘tgan yilning dekabridan beri eng yirik hujumlardan biriga aylandi, deyiladi hisobotda. 

«Zarbalar to‘lqinlari orasidagi interval ortib borishi mumkin, chunki Rossiya Ukraina havo mudofaasini ishonchli tarzda yengib o‘tish uchun yetarlicha kuchli zarba berishdan oldin yangi, to‘g‘ridan to‘g‘ri sanoatda ishlab chiqarilgan raketalarning muhim massasini yaratishi kerak», deb yozadi britaniyalik harbiylar.

Top